“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining talabalariga “Energiya sarfi tejamkorligi” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. “Energiya tejamkorligi” maxsus oʻquv dasturi asosida dars mashgʻulotlari olib borildi. Oʻquv kurslari doirasida Energiya tejamkorligining iqtisodiy asoslarini tushuntirish maqsadida kafedralarning yetakchi professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari jalb etildi. Mazkur Oʻquv kurslari davomida universiteti talabalari oʻrtasida energiya tejamkorligi savodxonligini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda innovatsion yondashuvlar asosida energiya samaradorligini ta’minlash haqida ma’lumotlar berildi.