Bugun universitetimizda “Kelajak soati” rukni doirasida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan “Ma’rifat darsi” navbatdagi mashg‘uloti O‘zbek tili tarixi va kelajagiga bag‘ishlandi. Darsni talabalarga universitetimizning Мa’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, professor D. Nasimov olib bordi. Tadbir davomida ta’kidlab o‘tildiki, bugungi kunda dunyoda mavjud minglab tillar orasida o‘zbek tili o‘zining jozibadorligi, boy ifoda imkoniyatlari va nafisligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u dunyoda eng ko‘p muloqot vositasi bo‘lgan tillar guruhiga kiruvchi tillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Professor D. Nasimov talabalarni o‘z ona tiliga chuqur hurmat bilan yondashishga, uni muntazam va puxta o‘rganishga da’vat etdi.
Yakunda dars ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.