2026-yil 15-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova rahbarligida TH-425 guruhi talabalari Samarqand tumanidagi “MONDELUX” mebel fabrikasiga dual ta’lim asosida o‘quv-amaliy tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrifdan maqsad – talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, ularni marketing, logistika va boshqaruv faoliyati bilan yaqindan tanishtirish edi.
Talabalar mebel ishlab chiqarish bosqichlari, xomashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni saqlash va yetkazib berish tizimi bilan tanishdilar. Fabrika mutaxassislari zamonaviy texnologiyalar, mahsulot sifati nazorati va logistika boshqaruvi haqida batafsil ma’lumot berdi.