Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida universitetimizda ochiq osmon ostida sport o‘yinlari tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar futbol, voleybol, badminton, shaxmat va stol tennisi kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Musobaqalar katta qiziqish va yuqori ruhda o‘tdi. G‘olib hamda faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.
Mazkur tadbir talabalarning jamoaviy ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularni faol hayot tarziga jalb etishga xizmat qildi.