13-oktabr kuni universitetimizda Samarqand shahridagi akademik litseylar, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Ta’lim va kasb” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada 15 dan ortiq xalqaro universitetlar bilan birga universitetimiz ham talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni namoyish qilishdi.
Har yili o‘tkazilib kelinayotgan ushbu ko‘rgazma Samarqanddagi mavjud barcha maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining kelgusida xorijda yoki o‘zimizda o‘qib bilim olishlari uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib xizmat qildi.