Bugun universitetimizda “Prorektor va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar universitet hayoti, ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, amaliyot imkoniyatlarini yaratish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘z savol va takliflarini bildirdi.
Prorektor talabalarning faol ishtiroki va bildirgan fikr-mulohazalarini yuksak qadrlab, yoshlar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish universitetimiz uchun ustuvor yo‘nalish ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi va yoshlar uchun o‘z fikrini erkin bayon etish, taklif va g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.