2025-yil 3-noyabr kuni talabalar turar joyida talabalar ishtirokida samimiy va mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining o‘qishdagi yutuqlari, qiziqishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yo‘llari haqida fikr almashdilar. Ular sport bilan shug‘ullanish, chet tillarini o‘rganish va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlaridagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Suhbat jarayonida talabalarga tartib-intizomga rioya qilish, odob-axloq qoidalariga amal qilish, atrofdagilarga hurmat va iltifot bilan munosabatda bo‘lish, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ularga kundalik hayotda faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham yetkazildi.
Davra suhbati ochiq muloqot va samimiy muhitda o‘tdi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi, balki talabalarning jamoada o‘zaro do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamladi.