“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari COP-20 xalqaro konferensiyada volontyor sifatida faol ishtirok etishdi. Ushbu nufuzli tadbirda volontyor bo‘lish talabalar uchun katta mas’uliyat, amaliy tajriba va xalqaro miqyosda muloqot qilish imkoniyatini yaratdi.
Talabalar mehmonlarni kutib olish, delegatsiyalar harakatini muvofiqlashtirish, axborot bilan ta’minlash, sessiyalar jarayonida yordam berish kabi bir qator vazifalarni bajarishdi. Ularning fidoyiligi, tashabbuskorligi va madaniy muloqot ko‘nikmalari konferensiya ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.