23.09.2026
1 daq o'qish
77
“ECO STAR” JAMOASI FAXRLI II O‘RINNI EGALLADI
19-sentabr — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda UNICEF hamkorligida ekologik aksiya tashkil etildi.
“Hayot uchun joy yarating” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda universitetimiz 1-bosqich talabalari faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya davomida universitetning “ECO STAR” jamoasi tashabbuskorligi, faolligi va jamoaviy hamkorligi bilan munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra
faxrli II o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida “ECO STAR” jamoasi a’zolariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovrinlar va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.