“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi “Ekoklub” a’zolari tomonidan “Mahallamizni chiqindisiz hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet atrofi chiqindilardan tozalanib, daraxt va ko‘chatlar sug‘orildi.
Ushbu tashabbus o‘quvchilarda ekologik ongni rivojlantirishga xizmat qiladi va tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytiradi.
Toza atrof-muhit sog'lom kelajak poydevoridir.