Bahor tabiat uyg‘onish fasli bo‘lgani kabi, inson qalbida ham yangilanish va ezgu niyatlarni uyg‘otadi. Talabalarimiz bilan birgalikda ekilgan har bir nihol kelajakka bo‘lgan umid, tabiatga mehr va Vatanga sadoqat ramzidir.
Yoshlarimiz bu ezgu ish orqali atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish hamda yurtimizni yanada ko‘kalamzor qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bugun ekilgan nihollar ertaga ulkan daraxtlarga aylanib, universitetimiz hududiga yanada go‘zallik bag‘ishlaydi.