Universitetimiz vakillari “World EDU Spring” xalqaro ta’lim yarmarkasida faol ishtirok etdi
2026 yil 10-11 aprel kunlari Jomboy tumanidagi SOF EXPO markazida “World EDU Spring” xalqaro ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi universitetlari, ta’lim tashkilotlari, konsalting kompaniyalari va o‘quv markazlari, shuningdek, Yevropa davlatlari, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Turkiya kabi 10 dan ortiq mamlakatdan kelgan muassasalar ishtirok etdi.
Yarmarka “Karera kuni” munosabati bilan tashkil etilib, kelajakda ta’limning navbatdagi bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan bitiruvchi talabalar to‘liq jalb etildi. Tadbirda universitetimiz nomidan Qabul va marketing bo‘limi mutaxassislari ishtirok etib, oliygoh targ‘ibotini amalga oshirdi. Tadbir doirasida “Malakali kadrlar topish va ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning yo‘llari qanday?” mavzusida forum ham o‘tkazildi. Unda Pure Milky, UzBAT, BTS, SXF, Gold Lavash, El xolding, Samarkand England Eco Medical, Mac Caldo, Loft Stone kabi kompaniyalar ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, bitiruvchi talabalar ushbu kompanpyalar vakillari bilan yaqindan muloqot qilib, savollariga javob oldi.