"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari o'rtasida Start up loyihalar bilan ishlash, ijodiy tanlovlarda ishtirok etish masalalari yuzasidan Tyutorlik soati tashkil etildi.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tomonidan yoshlar uchun e'lon qilingan Yashil inovatsiyalar tanlovi misolida tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Talabalarning kelgusidagi rejalari hamda tashabbuslari muhokama etildi. Tyutor tomonidan tegishli tavsiya va vazifalar berildi.