O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi , Vengriya Fanlar Akademiyasi (MTA) va Yevropa Ittifoqi hamkorligida, dunyoning turli burchaklaridan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha a'lo darajadagi postdoktorantlarni Momentum MSCA Postdoktorantura Grant Dasturi (Momentum PPDF) uchun ariza berishga taklif qiladi. Ushbu nufuzli tashabbus 35 tadqiqotchini “Lendület” (Momentum) tadqiqot guruhlariga jalb qilishni maqsad qilgan bo‘lib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy mukammallikka erishishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy Afzalliklar:
🔹 Turli ilmiy sohalarga (Muhandislik, Gumanitar fanlar, Tibbiyot, Tabiу va Ijtimoiy fanlar) ochiq
🔹 Xalqaro harakatlanish: eng yetakchi ilmiy va sanoat markazlarida grantlar va stajirovkalar
🔹 Raqobatbardosh moliyalash: oyiga €3,522 + harakatlanish, oila va ko‘chish uchun to‘lovlar
🔹 Karyera rivoji: treninglar, kuzatuv va aloqa o‘rnatish imkoniyatlari
Talablar
✔ Doktorlik darajasi (yoki ariza topshirish muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qilingan)
✔ Arizachilar so‘nggi 3 yil ichida 12 oydan ortiq Vengriyada yashamagan va ishlamagan bo‘lishi kerak
✔ Dastur muddati: 2025–2029 (grant 36 oygacha davom etishi mumkin)
📌 Arizangizni hoziroq yuboring va ilmiy karyerangizni rivojlantiring!
🔗 Batafsil ma'lumot va ariza yuborish uchun : momentummsca.mta.hu