UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun “Ma’rifat soati” darsi tashkil qilindi

17.10.2025 1 daq o'qish 1

Talabalar uchun “Ma’rifat soati” darsi tashkil qilindi

Bugun 2-bosqich talabalari uchun “Ma’rifat soati” darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan tashkil etildi. Darsda Sohibqiron Amir Temur, jadid bobolarimiz va zamondoshlarimiz hayoti misolida yoshlarga ezgulik, vatanparvarlik va milliy g‘urur haqida so‘z yuritildi. Ustozlar ilm-fan, ma’naviyat va milliy merosning ahamiyatini ta’kidladi. Talabalar savollariga samimiy javoblar berilib, dars qalblarga nur, tafakkurga oziq bo‘ldi. Tadbir yoshlar uchun mustahkam ma’naviy tayanch bo‘ldi.

Ulashish: