Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahar hokimiyati delegatsiyasi universitetimizda bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Nankin shahar Xalq Siyosiy Maslahat Kengashi raisi o‘rinbosari boshchilik qildi. Tarkibida Nankin shahar Savdo boshqarmasi direktor o‘rinbosari, Madaniyat va turizm boshqarmasi direktor o‘rinbosari hamda Nankin shahri Syuanvu tumani hokimi o‘rinbosarlari bo‘lgan delegatsiya universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — qadimiy tarixiy shahar va yirik turizm markazlaridan biri bo‘lgan Nankin hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o'rtasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Nankin shahrida tashkil etilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo savdoni rivojlantirish hamkorlik platformasi” (Ikkinchi Xitoy – Markaziy Osiyo sammitida ishga tushirilgan) doirasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Universitetimiz mehmonlarini Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor kutib oldi va ular bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.