03.06.2026
1 daq o'qish
1
Xi'an Iqtisodiyot va moliya universiteti delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi
2026-yil 1-iyun kuni Xitoyning Xi'an Iqtisodiyot va moliya universiteti prezidenti Zhao Minjuan boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonlari va ilmiy loyihalar haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, kelgusida ilmiy almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va talabalar amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha мemorandum imzolanib, tegishli kelishuvlarga erishildi. Tashrif ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.