Turizm akademiyasida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi dotsenti, PhD Dilfuza Mirboboyeva boshchiligida Arch-124, BM-124, IR-124 va IR-224 guruh talabalari ishtirokida atoqli folklorshunos olim, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari sohibi To‘ra Mirzayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar olimning bolaligi, hayoti, ta’lim va mehnat faoliyati, shuningdek, uning “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish”, “Ravshan” kabi xalq dostonlariga qilgan talqini hamda 600 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida D.Mirboboyeva olim asarlari o‘zbek millatining ma’naviy xazinasi sifatida abadiy yashashini va milliy qadriyatlarimizni sevuvchilar uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.