Bugun, 16-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning Kuala Lumpur universiteti professori, doktor Maimunah tashrif buyurdi. Mehmon olim guest lecture sifatida talabalar uchun maxsus ma’ruza qildi.
Tashrif davomida TOUR 123–223 guruh talabalari uchun universitetning assistent o‘qituvchisi M.Bahritdinova bilan hamkorlikda dars tashkil etilib, unda ziyorat turizmi, islom ziyorat markazlari hamda Malayziyaning turizm salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalar uchun xalqaro tajriba almashish, turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish hamda xorijiy mutaxassislarning bilim va tajribasidan bahramand bo‘lish imkonini yaratdi.