Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida “Ilm-fanda qizlar: imkoniyatlar va mas’uliyat” mavzusida Respublika anjumani tashkil etildi. Anjuman mamlakatda ilm-fan, innovatsiya va ta’lim sohalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ilmiy faoliyatdagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratildi.
Anjumanda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov ishtirok etdi.
Shuningdek, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi va "Qizlarjon" klubi sardorlari ham talab va takliflari bilan faol ishtirok etishdi.