“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri X.Ibragimov hamda kafedraning v.b. dotsenti M.Amriddinova tomonidan “Turizm va mehmondo‘stlik bo‘yicha ilmiy maqola yozish va nashr qilish qoidalari” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan seminar davomida ilmiy maqola yozishning dolzarb talablari, xalqaro jurnallarda nashr qilish mezonlari, maqolaning tuzilishi hamda ilmiy etikaga oid muhim jihatlar batafsil yoritildi. Shuningdek, Scopus va boshqa xalqaro bazalarga kiruvchi jurnallarda maqola chop etish jarayonlari, plagiat masalalari va to‘g‘ri manbalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.