2026-yil 2-maydan 6-mayga qadar bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yig‘ilishi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Seminarda asosan tadbirda volontyor-tarjimon sifatida faoliyat yuritadigan talabalar ishtirok etdi.
Trening davomida talabalar xalqaro anjumanlarda ishtirok etish tartibi, volontyorlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, rasmiy muloqot etiketi hamda xorijiy delegatsiyalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalariga oid bilim va tavsiyalar bilan tanishtirildi.
Ushbu seminar yoshlarning kasbiy malakasini oshirish, xalqaro tajriba orttirish va nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.