Talabalarni universitet odob-ahloq kodeksi bilan tanishtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda muloqot madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan treningda talabalar universitetning ichki tartib-qoidalari, huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, ijtimoiy muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, shaxsiy madaniyat, o‘zini tutish qoidalari, his-tuyg‘ularni boshqarish ko‘nikmalari muhokama qilindi.
Trening interaktiv tarzda o‘tib, talabalar guruhlarda ishlash, real vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Trening yakunida ishtirokchilar amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlab, foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.