Mazkur seminar-trening davomida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari, xususan Malayziya va Indoneziyadan kelayotgan turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi. Shuningdek, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, ular uchun samarali va mazmunli turistik marshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida malay tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ushbu yo‘nalishda mavjud ish imkoniyatlari, turizm sohasida malakali kadr sifatida faoliyat yuritish istiqbollari haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.