Universitetimizda talabalar badminton, voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha do‘stona musobaqalarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Musobaqalarda har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchi bilan kurashar ekan, ular o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va haqiqiy sport ruhini yorqin namoyon etishdi. Maydondagi har bir daqiqa talabalarning qat’iyati, iroda kuchi va jamoaviy birdamligini o‘zida mujassam etdi. Bunday tadbirlar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi, balki talabalar o‘rtasida jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, sportga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni yanada mustahkamlaydi.