2025-yil 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, talaba-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Xotin-qizlar maslahat kengashi va viloyat perinatal markazi hamkorligida “Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, erta turmush qurishning sog‘liq va ta’limga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.