Bugun 24-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Safarov tomonidan talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish hamda xavfsiz harakatlanish madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yo‘l harakati qoidalarining inson hayotidagi o‘rni, piyodalar va haydovchilar uchun muhim bo‘lgan xavfsizlik choralarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassis tomonidan ularga atroflicha javoblar taqdim etildi.
Tadbir yakunida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan video rolik namoyish etilib, unda yo‘l madaniyatiga amal qilishning inson hayoti hamda jamiyat xavfsizligi uchun naqadar muhim ekani yoritib berildi.