UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Gender tarbiya” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi

31.10.2025 1 daq o'qish 1

“Gender tarbiya” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2025-yil 31-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Gender tarbiya” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitetning mas’ul mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar hamda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M. Abbasova ishtirok etdilar. Ma’rifiy tadbirda so‘z olganlar yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, universitetda bu yo‘nalishda olib borilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida talaba-qizlar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, gender tarbiyaning mohiyati va ahamiyatini yanada chuqurroq yorituvchi videorolik namoyish etildi.

Ulashish: