UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda madaniyat va ekologiyaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi  

14.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetimizda madaniyat va ekologiyaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi  

Bugun, 14-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘li madaniyati va ekologiyasi: tabiat va an’analar o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Ikki kun davom etadigan anjumanni viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ta’kidlanishicha, Ipak yo‘li madaniyati va ekologiyasining yuksalishi turizm sohasini yanada rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov madaniy meros va turizm bir biri bilan chambaras bog‘liq sohalar ekanligini va xorijlik sayyohlarning mamlakatimizga tashrifi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy yilda 48 foizga oshganligi bu sohaning iqtisodiyotdagi ulushini oshib borayotganligidan dalolat ekanligini ta’kidladi.

Xalqaro anjumanda Green universiteti prorektori Toni Zou, shuningdek, bir qator xorijiy va mahalliy professorlar, olimlar va mutaxassislar ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi. Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ulashish: