logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Bugun 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Ta’lim va Kasb-2025" ko‘rgazmasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ta’lim va kasb – 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, shuningdek Turkiya, Rossiya, Italiya, AQSh kabi davlatlardan 50 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotgan yoshlarga o‘zlaridagi ta’lim va kasbiy yo‘nalishlarni taqdim etdilar.

Tadbirda qatnashgan viloyat hokimi o‘rinbosari X. To‘xtaev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Hamdamov hamda boshqa mas’ullar ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi zamonaviy ta’lim tizimlari bilan tanishtirish hamda ularga ta’lim muassasasini tanlashda ko‘maklashishdan iborat ekanini ta’kidladilar.

Ko‘rgazma davomida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘z qiziqishlariga mos oliy ta’lim muassasalari, ularning o‘quv dasturlari va faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv