2025-yil 25–27-sentabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan nufuzli GLOBAL FOOD SUMMIT xalqaro anjumanida universitetimizning Turizm kafedrasi dotsenti v.b. Muslima Amiriddinova ishtirok etdi va “The Value of Food in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda oziq-ovqatning qadriyati”) mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur sammitda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi ekspertlar qatnashib, oziq-ovqat xavfsizligi, global oziq-ovqat siyosati, standartlashtirish va uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati haqida dolzarb ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Jumladan, quyidagi nufuzli mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar:
Anjumanda dotsent v.b. Muslima Amiriddinova O‘zbekistondagi milliy taomlar, oziq-ovqat mahsulotlarining tarixiy va madaniy qadri, shuningdek, turizm sohasi bilan bog‘liq ravishda restoranlar va gastronomik yo‘nalishlarning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, u bugungi kunda gastronomik turizmning global tendensiyalardan biriga aylanganini, O‘zbekistonda esa bu borada salohiyat katta ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, sammit doirasida o‘tkazilgan ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturida ham faol ishtirok etgan Muslima Amiriddinova, boshqa ishtirokchilar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.