“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Universitetimizda 7-12 oktabr oralig'ida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar guruhlar kesimida stol tennisi, mini-futbol, stritbol, voleybol va yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, mahorati va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur saralash musobaqalari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish va universitetda sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.