UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga kirish imtihoni va suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi

04.06.2026 1 daq o'qish 1

3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga kirish imtihoni va suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi

2026-yil 4-iyun kuni soat 14:30 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (PhD va DSc) o‘qishga kirish bo‘yicha imtihon va suhbat jarayonlari tashkil etildi.

Jarayon universitetning 229-xonasida belgilangan tartib asosida o‘tkazilib, unda doktorantura (PhD) va doktorlik (DSc) bosqichlariga hujjat topshirgan talabgorlar ishtirok etdi. Imtihon davomida nomzodlarning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha bilim darajasi, ilmiy salohiyati hamda tadqiqot olib borish ko‘nikmalari baholandi.

Shuningdek, suhbat jarayonlari qabul komissiyasi va malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida shaffoflik hamda xolislik tamoyillari asosida olib borildi. Jarayonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda masofaviy ishtirok imkoniyatlari ham ta’minlandi.

Ulashish: