Mehmonxona menejmenti bo‘yicha o‘qituvchilar uchun amaliy trening o‘tkazildi
Joriy yilning 11–14-avgust kunlari “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan texnikum o‘qituvchilari uchun amaliyotga yo‘naltirilgan mehmonxona menejmenti treningi bo‘lib o‘tdi.