Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi PQ-135-son hamda 18.07.2024-yildagi PQ-269-son qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni turistik salohiyatini oshirish boʻyicha 2025-yilgi turizm mavsumiga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq malaka oshirish kurslarini tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, reja-grafikka muvofiq joriy yilning oktabr oyida Urgut tumanida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan turistik xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilot xodimlariga malaka oshirish kurslari tashkil etildi.