28–30-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida HERITAGE TURQUOISE 2025 – Restavratsiya, arxeologiya, muzey va kutubxonachilik texnologiyalari hamda madaniy turizmga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tadbir turli mamlakatlardan restavratorlar, olimlar, madaniyat mutaxassislari va turizm sohasi vakillarini birlashtirdi.
Konferensiyada universitetimizning “Tarix va madaniy meros’ kafedrasi professor-o‘qituvchilari dolzarb ilmiy mavzular bilan faol eshtirok etishdi. Kafedra mudiri M.Sidikova “Samarkand’s Architectural Heritage: Historical Hammams” mavzusida, N.Nurillohodjaeva “Caravanserais of Mavarannahr: Traces, Places, and Whispers of Silk” mavzusida, (PhD) O.Boynazarov “Cultural Tourism: The success Story (Case Uzbekistan) mavzusida, dotsent M.Xidirov “UNESCO Projects in Uzbekistan” mavzusida va Murtaze Hanipur arxeologiya yo‘nalishida, Mahmud Imam “Markaziy Osiyo yodgorliklari tasnifi Arab adabiyotida” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.