“Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi dotsenti v.b. G. Yusupova va TTK-125 guruh talabalari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, inson qalbining nozik kechinmalarini chuqur aks ettira olgan buyuk adib O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbir "Tillar va Global tadqiqotlar" kafedrasi dotsenti T.I. Sultanov tomonidan ochib berildi. Tadbir davomida adibning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratilib, uning asarlarida aks etgan insoniylik, mehr-oqibat, hayotiy haqiqat va ma’naviy qadriyatlar keng yoritildi.
Tadbir davomida adibning hayoti va ijodiga alohida e’tibor qaratilib, uning asarlarida aks etgan insoniylik, mehr-oqibat, hayotiy haqiqat va ma’naviy qadriyatlar keng yoritildi.
TTK-125 guruh talabalari tomonidan tayyorlangan mazmunli taqdimot, badiiy chiqishlar, O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” va “Ikki eshik orasi” asarlari asosida sahna ko‘rinishlari hamda “Iltijo” parchasi ijrosi tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirib, adib asarlarining hayotiy ahamiyatini yana bir bor ochib berdi.
Tadbir davomida zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan maxsus video lavha orqali O‘tkir Hoshimov siymosi go‘yo yana oramizga qaytgandek tasavvur uyg‘otdi.
Ushbu ma’naviy-adabiy kecha barchada unutilmas taassurot qoldirdi va adib ijodiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.