“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti profilaktika inspektori Sh. Qurbonov hamda tyutor P. Islomov tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Samarqand shahridagi ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Jumladan, ijarada istiqomat qilayotgan Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabasi Muhamadiyev Aliyor Olimjon o‘g‘li hamda Nabiyev Rahmatullohning yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uy egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tadbir talabalarning xavfsizligi, gigiyenik hamda maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ular uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.