Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida univesitetimiz rektori nutq so'zladi

18.09.2026 1 daq o'qish 81

Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida univesitetimiz rektori nutq so'zladi

2026-yil 17-sentabr kuni Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda xalqaro va xorijiy ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir doirasida fuqarolik jamiyati, ijtimoiy sheriklik, yoshlar, raqamli transformatsiya, ekologik tashabbuslar va mintaqaviy hamkorlikka oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov “Markaziy Osiyoda ekoturizmni rivojlantirish: fuqarolik tashabbuslari va mintaqaviy hamkorlik” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ekoturizmning zamonaviy jamiyat va hududlar rivojidagi o‘rni, ekologik mas’uliyat, mahalliy aholi bandligi, fuqarolik tashabbuslari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Bugungi kunda ekoturizmga faqat turizmning alohida bir turi sifatida qarash yetarli emas. U bir vaqtning o‘zida tabiatni muhofaza qilish, hududlarni rivojlantirish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish va fuqarolik faolligini kuchaytirish vositasidir”, — dedi M. Xolmuxamedov.

Shuningdek, ma’ruzada O‘zbekistonning Zomin, Chortoq, Bo‘stonliq, Nurota, Boysun, Hisor va Omonqo‘ton kabi hududlarining ekoturizm salohiyati, ekologik infratuzilmani rivojlantirishda fuqarolik tashabbuslarining o‘rni hamda “Tashabbusli budjet” mexanizmidan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Universitetimiz rektori ekoturizmni inson salomatligi va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi yo‘nalish sifatida ham baholab, uni “odamni ekrandan tabiatga, passiv kuzatuvchidan faol ishtirokchiga olib chiqadigan muhit” sifatida ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

Ma’ruzaning muhim takliflaridan biri “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bazasida Markaziy Osiyo barqaror va ekologik turizm observatoriyasini shakllantirish tashabbusi bo‘ldi.

Galereya

Ulashish: