Bugun, 26-oktabr kuni 1-bosqich TTE-225-guruhi tyutori G. Mirzaqobilova tashabbusi bilan motivatsion suhbat tashkil etildi. Uchrashuvga universitet psixologi D. Turdiyeva taklif qilindi.
Psixologik trening shaklida o‘tgan mazkur suhbat davomida talabalar ularni qiynayotgan savollarga javob topdilar, shuningdek, ichki bosim va ruhiy zo‘riqishdan xalos bo‘lish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
🔹 O‘qish jarayonidagi stress — tabiiy holat; uni boshqarishni o‘rganish muhim.
🔹 “Ichki bola”ni eslash va uni quvontirish — kayfiyatni tiklashning samarali usullaridan biridir.
🔹 Imtihon davridagi tushkunliklarni yengish uchun to‘g‘ri nafas olish, vaqtni boshqarish va o‘zini rag‘batlantirish katta yordam beradi.
🔹 Ochiq muloqot va psixologik qo‘llab-quvvatlash talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlaydi.
Trening yakunida talabalar ruhiy yengillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va yuqori motivatsiyani his qilganliklarini ta’kidladilar.