“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga AQShning San Diego shtati Diplomatik Kengashi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet talabalariga akademik tajriba, global nuqtai nazarlar va kelajakdagi karyera rejalari yuzasidan qiziqarli ma’ruza qilishdi.
Mehmon ma’ruzasida talabalarga turizm, madaniy meros va diplomatiya yo‘nalishlarida xalqaro tajriba, karyera maslahatlari berildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, kelgusidagi kasbiy faoliyatiga oid muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.