9-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Buyuk tarix, buyuk siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Universitet tyutori Sh.Zayniddinova tomonidan tashkil qilingan tadbirda Log-125 guruh talabalari ishtirok etиb, Amir Temurning hayoti, ulkan saltanat barpo etishdagi roli, adolat va tartibga asoslangan davlat boshqaruvi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temur siymosi jonlantirildi.