Bugun, 30-sentabr kuni, universitetimiz faollar zalida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi. Bayram tadbirida universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D. Nasimov so‘zga chiqib, rektorimiz A. Abduxakimov nomidan barchani ushbu bayram bilan muborakbod etdi. Turizm va madaniy meros kabi muhim va istiqbolli sohalar uchun raqobatbardosh, yetuk kadrlar tayyorlashda universitetimiz professor-oʻqituvchilarining tutgan oʻrni benihoya muhimdir. Hozirda universitetimizda 3000 dan ziyod talabaga fidoyi ustozlar taʼlim bermoqda. Yana bir quvonchli xabar: 2024–2025 oʻquv yilida universitetimizning 11 nafar professor-oʻqituvchisi turizm, pedagogika va filologiya yoʻnalishlarida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajaga ega boʻlishdi. Bayram tadbirida oliygohimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J. Hoffman va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T. Zou so‘z olib, barcha o‘qituvchilarni bayram bilan qutladi. Tadbirda o‘tgan o‘quv yilida fidoyilik bilan mehnat qilgan va ilmiy darajalarga ega bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga diplomlar va sertifikatlar topshirildi.