Bugun, 6-aprel kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Sport ishlari vaziri I. Ikromov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov va boshqa mutasaddilar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etgan respublika miqyosidagi sport tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ham ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu yuksak darajadagi sport musobaqasida universitetimiz vakillari ham bir necha sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, bahslarga kirishadi.