UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 2025-yil 6-sentabr kuni “InnoWeek.Uz-2025” innovatsion g‘oyalar haftaligida viloyat OTMlari ishtirokida tashkillashtirilgan ko‘rgazma doirasida startap loyihalar taqdimoti tashkil etildi.

08.09.2025 1 daq o'qish 1

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 2025-yil 6-sentabr kuni “InnoWeek.Uz-2025” innovatsion g‘oyalar haftaligida viloyat OTMlari ishtirokida tashkillashtirilgan ko‘rgazma doirasida startap loyihalar taqdimoti tashkil etildi.

Seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy izlanuvchisi Sharipov Shaxriyor o’zining “VillaGo” loyihasi haqida tadbir qatnashchilariga batafsil ma’lumot berdi. Loyihani amalga tatbiq etish orqali Samarqand viloyatida xorijiy va mahalliy turistlarning qishloq hayoti, ekoturistik hududlar bilan tanishtirish, chekka hududlarda turizmni rivojlantirish, yengil konstruksiyali, energiya tejamkor va ekologik talabga javob beruvchi turar joylarni barpo etish kabi maqsadlarga erishish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida sayyohlar uchun qo‘shimcha xizmatlar (ovqatlanish joylari, velosiped ijarasi, madaniy dasturlar), arzon, qulay va zamonaviy turar joy hamda yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ulashish: