Bugun 2-aprel kuni Talabalar turar joyi sport maydonchasida tyutorlar M.Tilavov, P.Islomov va sport klubi mutaxassislari hamkorlikda talabalar bilan tonggi badantarbiya mashqlari bajarishdi. Bahoriy yaxshi kayfiyat bilan boshlangan badantarbiya mashqlari qariyb bir soat davom etdi. Bu esa talabalarning kun davomida bardam va yuqori kayfiyatda yurishiga xizmat qiladi.