Universitetimiz magistratura bo‘limi bosh mutaxassisi Gulrux Sadullayeva tanlov asosida Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan “2026 ECUST Shanghai Summer School – Green Energy Workshop” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etib, zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar markazida qimmatli tajriba orttirdi.
Universitetimizning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xodimlarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlari doirasida ushbu nufuzli xalqaro dasturda ishtirok etish imkoniyati universitet rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
2026-yil 11–30-iyul kunlari East China University of Science and Technology (ECUST) tomonidan tashkil etilgan yozgi maktab doirasida ishtirokchilar yashil energetika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarning eng so‘nggi yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Dastur orqali Gulrux Sadullayeva xalqaro tajriba almashish va professional aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.