Indoneziyaning Jakarta shahrida Samarqand viloyati delegatsiyasi ishtirokida Jakarta–Samarqand biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari faol ishtirok etdi. Ular xalqaro ta’lim va turizm integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdilar.
Tadbir davomida Samarqandning turizm salohiyati hamda universitetning zamonaviy ta’lim dasturlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Forumda “Samarqandda biznes qiling” tadbiri ham tashkil qilinib, uning doirasida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar, investitsiya taqdimotlari va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari Samarqandning boy tarixiy merosi va zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.