"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasida o‘tilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda Kapadokiya universiteti akademigi, konsultant oshpaz Melih Ichigen Orhun mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Mehmon universitetimiz o‘qituvchisi Ch. Maxmadiyeva bilan birgalikda TH-125, TH-225, TH-325 va TH-425 guruh talabalariga "Ovqat va ichimliklar bilan ishlash I (Amaliyot: oshxona va bar asoslari)" fanidan darslar o‘tmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlarda nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Ushbu amaliyot jarayonlari talabalarning xalqaro tajribaga asoslangan yangi ko‘nikma va bilimlarni egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.