“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda bir nechta yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik qilib kelmoqda. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning Turizm va mintaqaviy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi professor Eiko Otto universitetimiz qoshida tashkil etilgan Yosh gidlar maktabi hamda Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi tinglovchilariga "Barqaror turizmni o‘rganish – O‘zbekiston kelajagi sari yo‘l" mavzusida seminar-trening o'tib berdi.
Ma’ruza davomida xalqaro eksport tomonidan turizmning zamonaviy xususiyatlari, gidlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari boʻyicha ma’lumot berildi.